BERDIYEV IKROM NUGMONOVICH

BERDIYEV IKROM NUGMONOVICH (1974.23.1, Shahrisabz) — bokschi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (2002), “O’zbekiston iftixori” (2002). 81 kilogramm vazn toifasida O’zbekiston (2000, 2001), Osiyo (2002, Seremban) va Osiyo o’yinlari (2002, Pusan) chempioni, Afri-Osiyo o’yinlari bronza medali sovrindori (2003, Haydarobod). O’zbekiston jismoniy tarbiya institutini tugatgan (1997), Chirchiq shahar ichki ishlar bo’limining inspektori (1997 yildan).