BERING VITUS IONASSEN

BERING VITUS IONASSEN (Ivan Ivanovich) (1681 -1741.8.12)—dengizchi sayyoh, kapitan-komandor. Asli daniyalik, 1703 yil rus flotiga taklif qilingan. 1724 yilgacha Boltiq va Azov dengizlari flotlarida xizmat qilgan. Beringga 1725 yilda Osiyo bilan Amerika quruqlik orqali tutashganligi yoki bo’g’oz orqali ajralganligini aniqlash vazifasi topshirilgan. Іkamchatka ekspeditsiyasi (1728-30)ga boshliq qilib tayinlangan. Ekspeditsiya Chukotka yarim oroli bilan Alyaska oralig’idagi bo’g’oz (keyinchalik Bering nomiga qo’yilgan) orqali 67° 18′ gacha suzib o’tib yana orqaga qaytadi. Bering 1733 yil 2-Kamchatka ekspeditsiyasiga boshliq qilib tayinlandi. 1741 yil 17 iyulda Bering dengiz orqali shimoliy Amerika sohillariga yetib bordi. Aleut orollaridan ba’zilarini kashf qildi. Orqaga qaytishda Kamchatka sharqidagi orollardan biri (hozirgi Bering oroli)da qishladi va o’sha yerda vafot etdi. Bering nomiga tinch okean shim.dagi dengiz, bo’g’oz va Orol qo’yilgan.