BERKLI

BERKLI (Berkeley) Jorj (1684.12.3, Dayzartkasl, Irlandiya—1753.23.1, Oksford) — ingliz ilohiyot olimi va faylasufi. Uning ta’limotiga binoan, tashqi dunyo idrok va tafakkurdan mustaqil holda mavjud emas, aksincha narsalar qanday idrok qilinsa, shunday holdagina mavjuddir, inson tasavvuri undagi ilohiy ruhning in’ikosidir. Asosiyasarlari: “Inson bilimlarining printsiplari haqida traktat” (1710), “Gilas va Filonus o’rtasidagi uch suhbat” (1713), “Alsifron” (1732). “Seyris” (1744).