BERTILON
BERTILON (Bertillon) Alfons (1853.22.4 Parij 1914.13.2) frantsuz yuristi, sud identifikasiyasi metodik tizimining ijodkori. Mazkur tizim antropometriya, tasviriy portret, signalitik fotosurat va alohida belgilarni hisobga olish kabilardan iborat, 1890 yildan e’tiboran deyarli barcha mamlakatlarda qo’llanilmoqda.