Beshbola qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Beshbola qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Farg’ona viloyati, Farg’ona rayonida, Samarqand oblasti, Pastdarg’om va Bulung’ur rayonlarida. Toponimning eng ko’p tarqalgan etimologiyasi “beshta bola”dir, ko’pchilik bunga shubha ham qilmaydi. Ayrim tadqiqotchilar beshbola urug’ nomi bo’lsa kerak deydilar. Aslida toponim pesh elementi bilan aloqador. Nomning ikkinchi komponenti bolo forscha bo’lib, “tepalik, balandlik” degan ma’noni beradi. O’zbek tilida boloxona, ruscha balkon so’zlari ham shu component orqali yasalgan. Shunday ekan, beshbola “tepa oldi” degan mazmunga ega. Beshbola “tepa oldidagi qishloq” demakdir.

Leave a Reply