BESHQARSAK
BESHQARSAK, qarsak—erkaklar davra o’yin qo’shig’i. O’zbek va tojik xalqlari orasida keng tarqalgan. Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ayniqsa mashhur. Beshqarsakda qarsak hamda qiyqiriq ovozlar yordamida o’yin usuli hosil qilinadi. Ba’zi taxminlarga ko’ra, kelib chiqishi zardushtiylik marosimlariga borib taqaladi. Navbat bilan turkum tarzida ijro etiladigan o’yin va terma (“Yak qars”, “Qo’sh qars”, “Besh qars” va hokazo) lardan iborat. Beshqarsak o’yini yaqin o’tmishda qishloq joylardagi to’y va sayillarda 2— 3 soat davom etardi. Hozir asosan folklor-etnografik va havaskor ansambllar (masalan, Urgutdagi “Beshqarsak” ansambli) repertuaridan o’rin olgan. Ad.: Karomatov F, O’zbek xalq musiqa merosi, 2-kitob, T., 1983.