BESHYUZ
BESHYUZ, beshjuz — yuz qabilasiga mansub urug’lardan biri. 19-asrda Zarafshon vohasida yashaganlar. Beshyuzlarning avlodlari O’zbekistonning Zomin, G’allaorol va Bulung’ur, Tojikistonning O’ratepa tumanlarida yashaydi. Beshyuzlar shevasi o’zbek tilining qipchoq lahjasiga kiradi.
O‘xshash so‘zlar
- BESHYOG’OCH
- BESIM ATALAY
- BESS
- BESSA
- BESSARABIYA
- BESSEL FRIDRIX VILGELM
- BESSEL YILI
- BESSEMER (BESSEMER) GENRI





