BESIM ATALAY

BESIM ATALAY (1882, Ko’tohiya viloyati Ushoq qishlog’i—1965.7.11, Anqara)—turk adibi va olimi, professor. “Turk tili jamiyati”ning asoschilaridan biri. U ilmiy-pedagogik ishlar bilan birga hikoyalar, she’riy va dramatik asarlar yozgan. Besim Atalay Usmonli turk tili tarixi, leksikologiyasi, morfologiyasi, sintaksisiga oid kitoblar yozgan. Usmonli turk xalqi og’zaki ijodi namunalarini nashr ettirgan. Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarini Arab tilidan turk tiliga tarjima qilgan (1939-43). “Qur’on tarjimasi”ni (1960) nashr ettirgan.