“BESUYAK”

“BESUYAK” — 1) o’zbek xalq tsirk san’ati janrlaridan. 18-19-asrlarda taraqqiy topgan; 2) tanani egib bukish mashqining ustasi, muallaqchi. 19-asr oxiri—20-asr boshida Solih Po’latov, Mirbuva, Nosir Niyozmat kabi yirik “Besuyak”lar o’tgan. Hamdamxon bachcha, Dakanxon, Jo’racha singari taniqli raqqos(a)lar ham “Besuyak”, bo’lishgan. “Besuyak”, orqaga egilib boshni oyoqlar orasidan oldinga chiqarib olish, oyoklarni yozib, “ko’prik” bo’lish, kalla, tana, qo’l va oyoqlarni navbatma navbat halqalar orasidan o’tkazish, orqaga egilib, kipriklari bilan yerdagi kumush tangani olish, oyoqylarni bo’yinda chalkashtirib, qo’l bilan yurish kabi murakkab akrobatik shakllarni mohirona bajaradi. “Besuyak”, tomoshalari bozor maydoni, Sayilgoh va to’yxonalarda kichik sholcha ustida sunray yoki doira jo’rnavozligida ko’rsatilgan. Keyinchalik “Besuyak”lar an’anasini aka-uka Rahmon va Parzin Abduxalilovlar, Karim Zarifov, Rasuljon Rahmonov va boshqalar davom ettirdilar. “Besuyak”ning ayrim shakllari hozirgi o’zbek tsirki tomoshalarida ham uchraydi.