BETA NURLAR DETEKTORI
BETA NURLAR DETEKTORI — yadro nurlanishini qayd qiluvchi asbob. beta nurlar detektori sifatida, asosan, Geyger— Myuller gaz hisoblagichlari ishlatiladi. Gaz hisoblagichida beta nurlanishning ayrim zarralarini qayd qilish mumkin. Gaz hisoblagichining ishlash tarzi unda beta nurlanishning har bir zarrasi hosil qilgan ionlashish tokini kuchaytirishga asoslangan. Gaz hisoblagichi ichiga ingichka metall sim tortilgan metall yoki shisha tsilindrdan iborat (rasm). Tsilindr gazlar aralashmasi bilan to’ldiriladi. Shisha tsilindrning yupqa metall qatlami bilan qoplangan ichki sirti yuqori kuchlanishli batareyaning manfiy qutbiga ulanadi. Ikkinchi elektrod batareyaning musbat kugbiga R qarshilik orqali ulanadi. Beta nurlanish zarralari gaz hisoblagichidan o’tganda gaz ionlashadi, natijada elektrodlar orasida razryad paydo bo’ladi. Zanjirdan tok oka boshlaydi, hisoblagichda kuchlanish pasayadi, razryad so’nadi. Shunday qilib, har bir zarra hisoblagichda qisqa muddatli tok impulsini hosil qiladi. Bu tok impulsi electron qurilmalarda kuchaytirilgach, odatdagi elektromexanik xisobchi (numerator) yoki mikroampermetr milini harakatga keltiradi. So’nggi paytlarda lyuminessentsiyaga asoslangan dstektorlar ham ishlatilmoqda. Lyuminessentsiyalanish qobiliyatiga ega bo’lgan (antratsen, stilben, tefenil, yodli natriy va boshqalar) muhitdan zarra o’tganda qisqa muddatli kuchsiz yorug’lik nuri paydo bo’ladi. Bu yorug’lik nuri stsintillyasion hisoblagichda qayd qilinadi. Keyingi vaqtlarda beta nurlar detektori sifatida germaniy, germaniylitiy kabi yarim o’tkazgichlarning ba’zi radiatsion xususiyatlaridan ham foydalanilmoqda. Ad:. Muxin K. N.. Eksperimentalnaya yadernaya fizika, M., 1974; Bekjonov R. B., Modda tuzilishi, T., 1997.