BETA ZARRALAR
BETA ZARRALAR (R zarralar)— beta yemirilishda radioaktiv yadrolardan ajralib chiqadigan elementar zarralar — elektronlar va pozitronlar. Beta zarralar oqimi betanurlar deyiladi. Beta zarralarni o’rganish neytrino va elementar zarralar orasidagi kuchsiz o’zaro ta’sirlarning ochilishiga sabab bo’ldi. Beta zarralardan nur bilan davolashda foydalaniladi.