BETAGA

BETAGA (Festuca sulcata Hack)— bug’doydoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t, ildiz oldi serbarg bo’ladi. Bo’yi 35-45 santimet. Iyunda gullaydi. Sentabrning birinchi yarmida urug’i pishadi. Kuzgi namlikda ko’karib, qishda maysa bo’ladi. Betaga chim hosil qiluvchi o’simlik. Chimning diametri 70-110 santimetrga yetishi mumkin, lekin bunda chimning markazi albatta qurigan bo’ladi. Tog’larning o’rta va yuqori qismlaridagi tekisliklar va shimoliy qiyaliklarda shuvoq va chalovlarning har xil turlari bilan birga o’ziga xos betagazorlar yuzaga keltiradi. Betagani qo’y, echki, yilqi va qoramol ayniqsa bahorda (gullaguncha) va kuzda (namlikda chiqqan yangi barglarini) xush ko’rib yeydi. Havo sernam kelgan yillarda uni pichanga o’rish ham mumkin. Maysasida 14,6% protein, 3,3% yog’ va 24,6% kletchatka; boshoq chiqarganda 11,7% protein, 29,6% kletchatka; gulla betaga. ganda 9,7% protein, 29,6% kletchatka; urug’laganda 8,3% protein va 31,0% klechatka bo’lishi aniqlangan.