BETARAF ZONA
BETARAF ZONA — manfaatdor davlatlar o’rtasida tuzilgan shartnomaga binoan harbiy harakat maydoniga aylantirilmaydigan, harbiy baza sifatida foydalanishga yo’l qo’yilmaydigan hudud. Davlatlar hududining ba’zi yer maydonlari yoki ular suverenitetiga kirmaydigan yerlar ham Betaraf zonaga aylantirilishi mumkin. Betaraf zona manfaatdor davlat tomonidan bir tomonlama tartibda yoki xalqaro shartnoma asosida tashkil etiladi. Qirg’oq bo’yida joylashgan bironbir davlat tomonidan boshqa davlatlar o’rtasidagi urush paytida o’z xavfsizligini ta’minlash uchun muvaqqat Betaraf zona tuzilishi mumkin. Muvaqqat Betaraf zonalar sirasiga urushlarda qatnashayotgan tomonlar muzoqaralar olib borish (masalan, harbiy asirlarni, yarador va bemorlarni almashish, sulh tuzish haqida), madaniy va tarixiy yodgorliklarni muhofaza etish uchun belgilaydigan zonalar ham kiradi. Betaraf zonalarni tuzish bilan bir vaqtda ko’pincha demilitarizatsiya amalga oshiriladi.