BHARATA

BHARATA — qadimgi Hindistondagi oriylar qabilasi. Kuru qabilalar Ittifoqiga kirgan hamda panchallar bilan birlashib Hindistonda dastlabki yirik davlat barpo etganlar (taxminan miloddan avvalgi 7-asr). “Bharata avlodlari” Kauravlar va Pandavlar haqidagi rivoyatlar hind eposi “Mahabharata” asosini tashkil qilgan. Bharata hududining nomi — Bharatavarsha (Jamna va satlej daryolari oralig’i) nomi bilan qadimda ko’pincha butun Hindiston hududi tushunilgan. Hindiston Respublikasining hozirgi rasmiy nomi, hindi tilidagi Bharat mana shundan olingan.