BIFURKATSIYA
BIFURKATSIYA (lotincha bifurcus ikkiga bo’linish) — ba’zi a’zolar yoki kon tomirlarining ayri singari ikkiga bo’linishi. Masalan, aortaning o’ng va chap umumiy yonbosh arteriyasiga bo’linishi — aorta Bifurkatsiyasi, kekirdakning ikkita bronxga bo’linishi — kekirdak Bifurkatsiyasi, uyqu arteriyasining ichki va tashqi uyqu arteriyasiga ajralgan joyi va hokazolar.