BILOL IBN RUBOH HABASHIY
BILOL IBN RUBOH HABASHIY (? 641, Damashq) — Islom tarixidagi birinchi muazzin. Baland, shirali, ta’sirli ovozga ega bo’lgan. Asli habashistonlik, Makkada Islomni birinchilardan bo’lib qabul qilgan qullardan. Xo’jasi Umayya ibn Halaf islomdan voz kechishni talab etib unga toqat qilib bo’lmas azoblarni berar edi. Abu Bakr Siddiq (ra) Bilol (ra)ni Umayyadan sotib olib, ozodlikka chiqardi. Payg’ambar (sav) bilan Madinaga hijrat qilgan. 622 yil Madinada ommaviy azon aytish joriy etilganda u birinchi bo’lib baland ovozi bilan musulmonlarni namozga chorlagan va bir necha yil davomida Muhammad (sav)ga muazzinlik qilgan. Payg’ambar (sav) vafotidan so’ng Shomda yashagan va Hazrat Husayn (ra) iltimosiga ko’ra bomdod namozi azonini aytgan, degan rivoyat bor. Zokir Oripov.