BILON TANGA

BILON TANGA (Fransuzcha bilon — probasi past kumush) — nominali tarkibidagi metall qiymatidan va uni zarb qilish xarajatlaridan ortiq bo’lgan mayda tangalar. Hozirgi davrda faqat Bilon tanga zarb etiladi.