BIOTIP

BIOTIP (bio… va Yunoncha typos — namuna, nusxa) — mahalliy populyatsiya tarkibiga mansub o’simlik turning tashqi ko’rinishi bilan farqlanmaydigan, lekin biologik va fiziologik xususiyatlari boshqacha va o’zgarmas bo’lgan guruhi. Chetdan changlanuvchi turlar populyatsiyalarida avlodni alohida ajratib qo’yib takroriy tanlash bilan yoki bir-biriga yaqin turlarni ko’p martalab chatishtirib ko’paytirish yo’li bilan Biotip chiqarish mumkin. Ba’zan ko’p turlardan tashkil topgan va muayyan yashash sharoitlaridan foydalanishiga ko’ra o’xshash moslanishlarga ega bo’lgan organizmlarning katta guruhlari ham biologik tiplar yoki xayotiy formalar deb ataladi.