BIOZONA

BIOZONA (bio… va zona)— biror sistematik guruh (tur, urug’— turkum, oila)ga kiradigan qazilma organizmlarning vertikal bo’ylab tarqalganini ko’rsatuvchi tog’jinslari qatlami (startigrafik interval). Yoshiga ko’ra qazilma organizmlar muayyan sistematik guruhi evolyutsiyasi davriga to’g’ri keladi. Biozona terminini ingliz geologi S. Bakmen 1902 yilda taklif etgan. “Biozona” termini bilan bir qatorda qazilma organizmlar majmui bo’yicha aniqlanadigan stratigrafik zona tushunchasi ham mavjud.