BIRJA SOLIG’I
BIRJA SOLIG’I – birja oboroti (aylanmasi)dan olinadigan soliq. Proporsional stavkalar bo’yicha olinib, uning darajasi bitimlar summasiga nisbatan 1% dan 2,5% gacha tebranadi. Uning soliqqa tortish obyekti fond birjasidagi qimmatbaho qog’ozlar oboroti (aylanmasi) hisoblanadi. Soliqqa tortishda asos sifatida qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha bitimlarning imzolanishi maydonga chiqadi. Soliqning ikki xil ko’rinishi bo’lishi mumkin: a) birja oboroti (aylanmasi)dan olinadigan respublika solig’i. Uning soliqqa tortish obyekti – fond birjasidagi qimmatbaho qog’ozlar oboroti (aylanmasi)ning hajmi. Soliq respublika budjetiga borib tushadi; b) birja mahalliy solig’i. Bu birjada sodir bo’ladigan qimmatbaho qog’ozlar bitimi bo’yicha yig’imdan iboratdir.