BIRMA TILI

BIRMA TILI — Xitoy-Tibet til oilasiga mansub Tibet-birma tillar guruhiga kiradi. Myanma davlatining rasmiy tili. Bu tilda 30 milliondan ortiq kishi gaplashadi. To’rt — shimol, Markaziy, tavoy va Arakan lahjalariga bo’linadi. Birma tili bo’g’inli va ohangli tillardan bo’lib, tuzilish jihatdan analitik (ayiruvchi) bo’lsada, unda talay agglyutinativ unsurlar mavjud. Ot shakllari yasalishida maxsus postpozitiv ko’makchi so’zlar va fe’l shakllarida agglyutinativ qo’shimchalar, ayrim prefiks lar va ba’zan ko’makchi so’zlar asosiy o’rin tutadi. Leksik jihatdan tub so’zlar bilan birga Paliy tilidan o’zlashtirilgan so’zlar ham qo’llaniladi. Uslub jihatdan ikki — yozma va og’zaki ko’rinishga ega, bular bir-biridan grammatik va leksik jihatdan farqdanadi. Birma tili alifbosi qad. hind yozuvi brahmiyning Janub tarmog’idan kelib chiqqan.