BISMUTIT

BISMUTIT (vismutit) — vismut oksikarbonati guruhiga oid mineral. Kimyoviy tarkibi Bi2|CO3]O2. Tetragonal sistemada kristallanadi. Kukunsimon massa holida, ba’zan tolalardan tuzilgan po’stloqsimon bo’ladi. Rangi kul rangsimon oqishroq, yashilsariqdan qo’ng’ir va kul ranggacha; qattiqligi 3-3,7; sof og’irligi 7,4—8,3; oson eriydi. Konlarda vismutin va sof (tugma) vismutning karbonatli eritmalar ta’sirida oksidlanishidan hosil bo’ladi. Kvars, topaz, arsenopirit va boshqa minerallar bilan birga uchraydi. O’zbekistonda (Chatqol, Nurota tog’larida va Qizilqumda), Qozog’iston, Rossiya Federatsiyasi (Zabaykale), Chexiya va Slovakiyada, Germaniya sharqida, Meksika, AQSh va boshqa mamlakatlarda uchraydi. Bismutit vismut elementi olinadigan muhim xom ashyo.