BITIK

BITIK — 1) tor ma’noda — yozuv, hujjat. Bitiklar turli hajmda bo’lgan. Ular qadimgi turk davriga (eng qadimgi davrdan 2-asrgacha) mansub bo’lib, turkiy tildagi yozma yodgorliklarni va boshqa tillardan qadimgi turkiy tilga qilingan tarjima asarlarni o’z ichiga olgan. Eng katta Bitik Moyun 80 qatordan iborat. Turkiy Bitiklar urxunenisey, uyg’ur, Sug’d, Moniy, suryoniy yozuvlarida bitilgan. Ular qabr toshlariga, marmar tosh, oyna, teri va qoyalarga, sopol, yog’och, metall idishlarga yozilgan. Ungin (Ukraina) daryosi bo’yidan topilgan Bitik turkiy yozma adabiyotining eng qadimgi va mukammal namunasi hisoblanadi. Bitiklarda tarixiylik, xalq og’zaki ijodi, miflar qorishiq tavsifda bo’lgan va ular yozma adabiyotning alohida turini yuzaga keltirgan; 2) keng ma’noda — kitob. Masalan, “Ta’birnoma” (“Irq bitik”) da kitob ma’nosi ifodalangan. Ad.: Malov S. E., Eniseyskaya pismennost tyurkov, M.—L., 1952; Rahmonov N., Toshga bitilgan kitoblar, T., 1983.