Bitikchi

Ma’nosi

Bitikchi-o’rta asrlarda xon va mahalliy hokimlarning barcha yozuv ishlarini olib boruvchi mansabdor. Bitikchi so’zi shu ma’noda X-XI asrlardan buyon ma’lum. Chingizxon zamonida yorg’uchi huzuridagi kotib bo’lib, xonlarning nasabnomasi va muhim kundalik axborot yoziladigan “Oltin daftar”i uning qo’lida saqlangan. Bitikchi savodli, nasabli kishilardan tayinlangan. Qadimgi Sug’diyonada, saljuqiylar, g’aznaviylar va xorazmshohlar davrida mazkur lavozim egasi dabir, XIX asrda O’rta Osiyo xonliklarida esa mirzo, mirzoboshi deb yuritilgan.

O‘xshash so‘zlar

B harfiga oid tarixga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar