BITOVSOY
BITOVSOY — Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi soy. Quruqsoyning eng yirik (o’ng) irmog’i. Oqtog’ning Janubiy yon bag’ridagi 1300-1350 metr balandlikdagi bir necha buloqdan hosil bo’ladi. Bitovsoy Janub yo’nalishda oqadi. Uzunligi 16 kilometr, havzasining maydoni 41 kilometr kvadrat, umumiy uzunligi 14 kilometr bo’lgan 8 ta mayda irmog’i bor. Kuzning oxiri, qish va erta bahorda vaqt-vaqti bilan yog’adigan qor va yomg’ir suvlaridan, yozda buloq suvlaridan to’yinadi. Ba’zan jala yog’gan paytlarda Quruqsoygacha etib keladi. Quyi oqimida yoz va kuzda ko’pincha qurib qoladi.