Bivak, Bivuak

Bivak, Bivuak (nemischa Biwak, fransuzcha bivouac)-qo’shinlarning aholi manzilgohlaridan tashqarida bo’lgan qarorgohi, tunash yoki hordiq chiqarish uchun mo’ljallangan. Bivak uchun joy tanlanganda asosiy e’tibor ichimlik suvi manbai mavjudligi, xat-xabar almashish, mudofaalanish va hujumga o’tishning qulayligi qaratilgan. Bivakda piyoda qo’shin, artilleriya, otliq qo’shin, og’ir aslahalar, dala oshxonalari qat’iy tartib bilan joylashtirilgan.