BLINK KOMPARATOR
BLINK KOMPARATOR — yulduzlar osmoni biron bir qismining bir necha marta olingan fotosuratlarini o’zaro taqqoslab tekshirishda ishlatiladigan asbob. Blink komparator o’zgaruvchan yulduzlar, kinik sayyoralar, kometapar va yulduzlarning yirik xususiy harakatlarini tezda aniqlash imkoiini beradi. Blink komparatorda bir vaqtda ikkita fotosuratni solishtirish va o’lchash mumkin. Blink komparator ma’lum bir osmon jismining ikkita fotosuratdagi tasvirlarini prizmalar yordamida yagona okulyarning ko’rish maydoniga yo’naltira oladigan qilib yasalgan. Okulyar ichida goh birinchi tasvirni, goh ikkinchi tasvirni kurishga imkon beradigan moslama mavjud. Odatda, bunday moslama yo qo’l bilan, yoki avtomatik usulda harakatga keltiriladi. Oqibatda kuzatuvchi yuqoridagi aytilgan jarayonlarni osongina ko’rish va o’lchash imkoniga ega bo’ladi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya institutida zamonaviy Blink komparator mavjud.