BLINT

BLINT (nemischa blind — ko’r) — kitob muqovasini bezashda uning sirtiga bo’yoqsiz bosib tushiriladigan yassi shakllar. Bunda yassi shtamp muqova sirtida chuqurchalar qoldiradi. Blint kitob muqovasiga pardoz berish va uni bo’yoq bilan bosishda yoki zarqog’oz (folga) qoplashga tayyorlashda mustaqil usul sifatida qo’llaniladi. Blok Aleksandr Aleksandrovich (1880. 16 (28). 11, Peterburg 1921. 7.8, Petrograd] — rus shoiri. Peterburg universitetini tamomlagan (1906). “Zolotoe runo” jurnali (1907— 08) va Jahon adabiyoti nashriyotida (1918 yildan) ishlagan, butun Rossiya shoirlar uyushmasi Petrograd bo’limini boshqargan (1920 yildan). Ilk to’plami — “Go’zal Bonu haqida she’rlar” (1904) rafiqasi Lyubov Dmitriyevna (kimyogar D. Mendeleyevning qizi)ga bag’ishlangan. Dastlab Blint simvolist shoir sifatida tanilgan. 1905 yil inqilobiy o’zgarishlar ta’sirida simvolizmdan voz kechib, ijtimoiy mavzuda “Shahar” (190408), “Vatan” (1907-16), “Dahshatli olam” (190816), “Qasos” (190713) turkum she’rlari va “Tomoshaxona” (1906), “Atirgul vaxoch” (191213) kabi dramalar yozgan. Blint 1917 yilgi oktyabr to’ntarishini shod xurramlik bilan kutib olmagan bo’lsada, ammo u bolsheviklarning ashaddiy muxoliflari (I.A. Bunin, N. Gumilyov, Z. Gippius, A. Kuprin, M. Svetayeva kabi) safida ham bo’lmagan. Bolsheviklar hokimiyatni qo’lga olgandan so’ng 5 oy davomida Blint “O’n ikki” dostonini, “Ziyolilar va inqilob” maqolasini yozib, Oktyabr voqealari va Rossiya takdiri haqida ijodiy mushohada yuritishga harakat qildi. Har ikki asap ziyolilar o’rtasida qizg’in bahsga sabab bo’ldi. Shu hodisa Blint ijodida chuqur inqiroz va turg’unlikni yuzaga keltirdi. Blint 1918 yilning mart oyidan so’ng to umrining oxirigacha (1921) hech qanday yangi asar yozmaydi, faqat “Qasos” poyemasini nihoyasiga yetkazish bilan mashg’ul bo’ladi. “O’n ikki” poyemasi (A. Muxtor), ko’plab she’rlari (E. Vohidov, M. Ikrom, O. Muxtor va boshqalar) o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: She’rlar, T., 1967; Stixotvoreniya, poemi, T., 1986; Sochineniya v dvux tomax, M., 1990.