BLOMBERGEN
BLOMBERGEN (Blumbergen) (Bloembergen) Nikolas (1920) — amerikalik fizik. Niderlandiyada tug’ilgan. 1949 yildan AQShda. Ilmiy ishlari yadroviy magnit va electron paramagnit rezonansga, nochizig’iy optikaga, kvant elektronikaga oid. Radiodiapazondagi paramagnit kvant kuchaytirgichni yaratishda 3 sath usulini qo’llashni tavsiya etdi. Nobel mukofoti laureati (1981, V. Shavlov bilan hamkorlikda).