BLOX FELIKS
BLOX FELIKS (1905. 23.10, Syurix, Shveytsariya — 1983) — amerikalik fizik, qattiq jismlarning kvant nazariyasi asoschilaridan biri. 1934 yildan AQShda. Kristallarning energetik spektri nazariyasini, ferromagnetiklar magnitlanganligining mutlaq nol yaqinidagi temperaturaviy bog’lanishligini ishlab chiqdi. Yadro magnit rezonansini kashf qildi (1946). Nobel mukofoti laureati (1952; E. Pyorsell bilan hamkorlikda).