BO TSZYUYI

BO TSZYUYI (772-846) Xitoy shoiri. O’z davri tuzumi tartibotlarini tanqid qilgani uchun ta’qib qilingan. 3 mingga yaqin she’r yozgan. Xalq orasida mashhur bo’lgan. Bo Tsyuyi lirik she’rlarida hayot quvonchlari, insonga bo’lgan samimiy muhabbat o’z aksini topgan. “Mangu sog’inch haqida qo’shiq”, “Ud” (“Arfa”) poemalari bor. 10 she’rdan iborat “Tsin naqoratlari”, 50 she’rdan iborat “Yangi xalq qo’shiqlari” to’plamlarida jamiyatda avj olgan poraxo’rlikni va o’zaro qirg’inlarni qoralaydi.