BOBODOG’

BOBODOG’ — katta Kavkazning Bosh (suvayirg’ich) tizmasidagi cho’qqi. Qorachoy daryosining bosh tomonida (Ozarbayjonda). Balandligi 3629 metr. Bobodog’dan sharqroqda Bosh Kavkaz tizmasi pasayib, uch tarmoqqa bo’linib ketadi.