BOBOJONOV YATIM
BOBOJONOV YATIM (asli ismi Fozil) (1904 Toshkent 1959.26.12) — teatr arbobi, aktyor, rej. va pedagog. O’zbekiston xalk, artisti (1943). O’zbek teatri asoschilaridan. Sahna faoliyatini 1920 yil teatr truppasi (Toshkent) da kichik rollarni ijro etishdan boshlagan. Moskva o’zbek drama studiyasida (1924-27) K. Stanislavskiyning ilg’or sahna uslubi, E. Vaxtangov rejissurasini o’rgangan, 1927 yildan Hamza teatrida aktyor va rejissyor. Hajviy va xarakterli rollarni mahorat bilan ijro etgan: Tartale (K. Gossi, “Malikai Turandot”, 1927), Brigella (K. Goldoni, “ikki boyga bir malay”, 1927) va boshqalar. 1931-32 yillarda Buxoro teatri va unga vaqtincha qo’shilgan Respublika yosh tomoshabinlar teatri badiiy rahbari. Rejissyorlik faoliyatini shu teatrda “niqob yirtildi” (Z. Fatxulin) pyesasini sahnalashtirishdan boshlagan. 1934 yil Hamza teatrida “Tor-mor” (K. Yashin) spektaklini sahnalashtirgan. Spektakl hayotiyligi, ommaviy sahnalarning mukammalligi, yuksak ijro saviyasi bilan ajralib turadi. Bobojonov ijodida Hamza dramalari va uning obrazini yaratish alohida o’rin tutgan. “Xolisxon” (1940), “Hamza” (K. Yashin, A. Umariy, 1949), ayniqsa, “Boy ila xizmatchi” (1939) spektakli Bobojonov rejissyorlik ijodining cho’qqisi, Hamza teatrining esa katta yutug’i bo’ldi. Bobojonov o’z rollari va spektakllarida xalqhayotini atroflicha aks ettirdi, qahramonlari xarakteri va ruhiy holatlarini chuqur ochishga erishdi. Bobojonov teatr san’atining tarbiyaviy roliga alohida ahamiyat bergan, spektakllari chuqur g’oyaviy mazmun va aniq maqsadga ega bo’lgan. Bobojonov Yangiyo’l (1943-46), Toshsovet (1946— 48) teatrlarida badiiy rahbar bo’lib ishlagan, shu teatrlarda “Tohir va Zuhra” (S. Abdulla asari; T. Jalilov musiqasi), “Muqanna” (H. Olimjon). “Xo’ja Nasriddin” (V. Vitkovich, G’. G’ulom), “Oftobxon” (K. Yashin; X. To’xtasinov) va boshqa spektakllarni qo’ygan. Sh. Burhonov, O. Xo’jaev, N. Rahimov, O. Jalilov, M. G’ofurov, A. Boltaev, F. Rahmatova va boshqalarning aktyor sifatida shakllanishida xizmati katta. Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutida dars bergan (195056). Muhsin Qodirov.