BOBOQULOV AHMAD

BOBOQULOV AHMAD (1931.17.1 Dushanba—1990.25.5) —tojik xonandasi (lirik-dramatik tenor). Xalq artisti (1971). Taniqli maqom bilimdoni Boboqul Fayzullayevning o’g’li. Tojik opera va balet teatri (1954-56, 1966— 81), tojik Davlat filarmoniyasi (1956— 66) yakkaxoni, Tojikiston teleradiosi maqom ansamblining badiiy rahbari (1973-81). M. Tursunzoda nomidagi San’at institutida o’qituvchi, xonandalik kafedrasi mudiri (1967— 76), professor (1977 yildan). Asosiy partiyalari: Kavaradossi (J. Puchchini, “Toska”), Kanio (R. Leonkavallo, “Payaslar”), Xurshid, Modan (Z. Shohidiy, “Dushanbalik qiz”, “Komde va Modan”), Rudakiy (Sh. Sayfiddinov, “Rudakiy”), Vodemon (P. Chaykovskiy, “Iolanta”) va boshqalar. “Samarqand Ushshog’i”, “Dugoh”, “Qashqarchai Mo’g’ulchai Dugoh”, “Iroq” va boshqa ashula yo’llarining ham mohir ijrochisi. O’zbekistonda tojik adabiyoti va san’ati dekadalari (1957, 1968), Xalqaro musiqashunoslik anjumanlari (Samarqand, 1978, 1983) kontsertlarida qatnashgan. Rudakiy nomidagi Tojikiston Davlat mukofoti laureati (1966).