BOBOSHODISOY
BOBOSHODISOY — Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumanidagi soy. Yakkabog’ daryonmng chap irmog’i. Boboshodisoyning yuqori oqimi Chiyonlisoy deb ham ataladi. Uzunligi 11 kilometr, havzasining maydoni 37 kilometr kvadrat, Boboshodisoy Xontaxta tog’ining shimoliy yon bag’ridagi buloqlardan boshlanib, dastlab shim.g’arbii yo’nalishda oqadi va Yakkabog’ qishlog’i yaqinida Yakkabog’ daryoga quyiladi. Boboshodisoy erta bahorda yomg’ir, jala va erigan qor suvlari hisobiga to’yinadi, to’lib-toshib oqadi. Boshqa paytlarda asosan buloqlardan suv oladi, yozda quyi oqimida ko’pincha qurib qoladi. Boboshodisoy havzasi o’simliklarga boy, xushmanzara, undan yozgi yaylov sifatida ham foydalaniladi.