BOBOXONOVA XADICHA ABDURASULOVNA

BOBOXONOVA XADICHA ABDURASULOVNA (1923.11.1, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1979). Toshkent teatr texnikumini tugatgan (1939), Moskva davlat teatr san’ati instituti qoshidagi milliy teatr bo’limida tahsil olgan (193941). Surxondaryo (1941-49), Buxoro (1949-51), Kattaqo’rg’on (1951-58) teatrlarida ishlagan, 1958 yildan yana Surxondaryo teatrida. Asosiy rollari: Maysara (“Maysaraning ishi”), Zuhra (“Tohir va Zuhra”), Layli (“Layli va Majnun”), Nodira (“Nodira”), Farmonbibi (“Kelinlar qo’zg’oloni”), To’lg’anoy (“Momo yer”), Ona Turk (“Amir Temur va Yildirim Boyazid”), Saodat (“qaytar dunyo”), Jannat xola (“O’chmasin chiroq”) va boshqalar. Yaratgan obrazlari to’laqonliligi va milliy xususiyatlarga boyligi bilan ajralib turadi. O’zbek, qozoq, turkman, Ozarbayjon xalq qo’shiqlarining mohir ijrochisi. “Shuhrat” (1994) medali, “El-yurt hurmati” ordeni (1998) bilan taqdirlangan.