BOBOYEV BOTIR DAVRONOVICH

BOBOYEV BOTIR DAVRONOVICH (1914.15.5 — Toshkent — 1984.4.11) — 2-jahon urushi qatnashchisi, polkovnik. Rostov iqtisod institutini, Xarkov artilleriyachilar bilim yurtini bitirgan. 1942 yildan frontda. 118-gvardiyachi artilleriya polki batareya komandiri. Boboyev 1945 yil yanvarda Oborniki qishlog’ida dushmanning qarshi hujumini qaytarib, o’z batareyasini dushman ro’parasiga olib chiqib jang qilgan. Ko’rsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor bo’lgan (1945). Boboyev urushdan keyin Germaniyadagi sovet harbiy ma’muriyatida xizmatni davom ettirdi (1945-47). Toshkent shahri, Shayxontohur tumani harbiy komissari (1952-72). Respublika urush va mehnat faxriylari kengashi Toshkent sektsiyasining raisi (1972 yildan) lavozimlarida ishlagan.