BOBOYEV MAMARASUL

BOBOYEV MAMARASUL (1911.3.4, Kattaqo’rg’on — 1969.23.7, Toshkent) — o’zbek shoiri. Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1938). 2-jahon urushi ishtirokchisi (1941-46). Respublika gazeta, jurnal, nashriyot va O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida ishlagan (1947— 68). “Janubiy nuqtada” (1953), “Eron daftari” (1952), “Sadoqat haqida” (1954) she’rlar turkumi va boshqa kitoblari nashr etilgan. “Yoshlik chog’im — oltin chog’im” (1959), “Go’zallik istab” (1963) kabi dramalari bor. U rus (M. Lermontov, N. Nekrasov, T. Shevchenko, N. Tixonov, K. Simonov), tatar (M. Jalil), ovar (R. Hamzatov) shoirlari asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. As: tanlangan asarlar, ]—2j.lar., T., 1974-75.