BOBRUYSK

BOBRUYSK — Belorussiyaning Mogilyov viloyatidagi shahar (1795 yildan). Berezina daryosi bo’yidagi pristan. Temir yo’l stantsiyasi (Berezina). Aholisi 223 ming kishidan ziyod (1999). Yog’ochsozlik sanoati markazi. Mashinasozlik, neft kimyosi va kimyo (“Bobruyskshina” ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalar), oziq-ovqat, yengil, qurilish materiallari sanoati korxonalari ishlab turibdi. 3 teatr, o’lkashunoslik muzeyi mavjud. 14-asrdan ma’lum; 1649 yildan Polsha, 1793 yildan Rossiya imperiyasi tarkibida bo’ldi. Balneobalchiq kurorti mavjud.