BODIYA

BODIYA — cho’li biyobon, dasht. Bu termin tarixiy yodgorliklarda, jumladan “Boburnoma”, “Shayboniynoma” asarida uchraydi. Karmana shahrining bir nomi Bodiyai Xo’rdak bo’lgan, Narshaxiy bu nomni “Kichik ko’za” deb izohlagan; aslida “Kichik cho’l” bo’lishi ehtimol.

BODIYA — tagi dumaloq va baland, qirg’og’i tik chuqur sopol idish (lagan). Bodiya sirlanadi, turli naqsh mujassamotlari bilan bezatiladi. Xorazm kulolligida qadimdan keng tarqalgan, kichikroq xili “Chanoq Bodiya”deb ataladi.