BODOMISTON

BODOMISTON — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi soy. To’palangdaryo (Surxondaryo)ga quyiluvchi Kishtutsoytning chap irmog’i. Hisor va Qoldirg’a tog’lari tutashgan joydagi muzliklar (3700 metr)dan boshlanadi. Yuqori oqimida g’arbga, so’ng Janubi g’arbga oqadi. Uzunligi 12 kilometr, havzasining maydoni 91 kilometr kvadrat. Bodomistonning umumiy uzunligi 10 kilometr bo’lgan 7 ta mayda irmog’i bor, havzasida umumiy maydoni 5,9 kilometr kvadrat bo’lgan 6 ta muzlik mavjud. Bodomiston suvayirg’ichida Surxondaryo havzasining eng baland (4643 metr) joyi hamda eng katta muzligi (uzunligi 3,2 kilometr, maydoni 3,0 kilometr) joylashgan. Qor va muz suvlaridan to’yinadi, o’rtacha yillik suv sarfi 2,7 metr kub/sekund. Bodomiston suvi ko’payganda (iyul—sentabr) o’rtacha yillik suv sarfi 6,4 metr kub/sekund bo’ladi.