BODOQSOY
BODOQSOY — Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi soy. Piskom daryosining chap irmog’i. Piskom tizmasining shim.g’arbiy yon bag’ridagi 3150 metr balandlikdagi muzliklardan boshlanadi. Uzunligi 12 kilometr, havzasining maydoni 5,4 kilometr kvadrat, havzasining o’rtacha balandligi 2440 metr. Umumiy uzunligi 8 kilometr bo’lgan 4 ta mayda irmog’i bor. Bodoqsoy muzlikdan tashqari qor, yomg’ir va buloq suvlaridan ham to’yinadi. Bodoqsoyda yil davomida suv oqadi, o’rtacha yillik suv sarfi 1,2 metr kub/sekund. Suvi ko’payganda (aprel—iyunda) suv sarfi 5,6 metr kub/sekundgacha yetadi.