BOFORT DENGIZI

BOFORT DENGIZI — shimoliy Muz okeanining shimoliy Amerika sohilidagi chekka dengizi. Barrou burni bilan Banks va Prins Patrik olari o’rtasida. Maydoni 481 ming kilometr kvadrat, eng chuqur joyi 3749 metr, o’rtacha chuqurligi 1004 metr. Ko’p qismi materik sayozligida joylashgan. Bofort Dengiziga Makenzi daryosi quyiladi, dengiz yil bo’yi muz bilan qoplanib yotadi. Ingliz admirali F. Bofort (1774-1857) nomi bilan atalgan.