BOFTA

BOFTA (forscha — to’qima) — to’qilgan shakldagi islimiy naqsh yoki naqsh bo’lagi; tanob singari yo’nalishida hosil qilingan aylanma shaklli bog’lam (to’qima). Bofta mujassamotning asosi (ba’zan markazi) ni tashkil etsa, naqsh Bofta so’zi bilan qo’shib ataladi: Boftali kapalakgul, Boftali tugungul, Boftali turunj va shu kabilar. Xalq ustalaridan O. Qosimjonov (Boftali davragul), S. Norqo’ziyev (Boftali tokcha namoyon, Boftali qo’shbandgul), J. Hakimov (Boftali Oygul, Boftali paxtagul) va boshqalar ijodida ko’p uchraydi. Bofta asosida rang-barang mujassamotlar yaratilgan.