BOG’ MALHAMI

BOG’ MALHAMI — daraxtning payvandlangan, kesilgan va mexanik shikastlangan joyiga surkaladigan malham (zamazka). Bog’ malhamini xonaki usulda va tez tayyorlash usullari: a) qizdirilgan 1000 gramm nigrolga 300 gramm elangan yog’och kuli qo’shiladi va eng arzon malham olinadi; b) alohida eritilgan 1000 gramm parafinga 1000 gramm kanifol maydalab qo’shiladi. So’ngra 1000 gramm nigrol qizdirilib unga sekin-asta eritilgan parafin va kanifol quyiladi; v) 0,25 l alifmoy qizdiriladi, unga 1000 gramm maydalangan kanifol qo’shiladi. Boshqa idishda 5000 gramm parafin suyultiriladi va unga kanifolli alifmoy qo’shiladi. Ishlatishdan avval malham ilitiladi. Hozirgi sanoatda ishlatishga tayyor Bog’ malhami ham ishlab chiqariladi.