Bog’lovchi moddalar

Bog’lovchi moddalar – fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida suyuq yoki xamirsimon holatdan qattiq toshsimon holatga o’tadigan qurilish materiallari bo’lib, bunda ular o’z atrofidagi inert to’ldiruvchilar (chaqiq tosh, shag’al, qum) zarralarini yoki g’isht, tosh va hokazolarni bog’lagan holda yaxlit monolit butunlikni hosil qiladi. Masalan: bitumli bog’lovchi modda, gidravlik bog’lovchi modda, qatron-bitumli bog’lovchi modda, noorganik bog’lovchi modda, olovbardosh bog’lovchi modda va hokazolar.