Bog’olon qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Bog’olon qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblasti, Gurlan rayonidagi qishloq. Ba’zi tadqiqotchilar va shu yerdagi xalq bu nomni “bog’i ko’p, bog’zor” deb talqin qiladilar. Ammo tarixiy faktlarga asosan toponimni Bog’i alon deb tushunish, ya’ni qadimgi alon xalqning nomi bilan bog’lash haqiqatga ancha yaqindir. Chunki Xorazmda qadimgi Eron gruppa tillarida gaplashuvchi alon qabilalarining yashaganligi haqida ma’lumotlar bor. Shuningdek, bu yerda hozir ham saqlanib qolgan alanlar, Alan Qal’a kabi nomlar bu fikrni yana bir bor isbotlaydi. Mashhur Beruniy Jayhun (Amu) daryo bir vaqtlar Hazar (Kaspiy) dengiziga quyilganini, biroq daryo yo’lida tog’ – to’siqlar uchrab, uning suvi boshqa tomonga – qipchoqlar yurtiga burilgan, natijada “suv Xorazm va Jurjon “oralig’idagi cho’ldan o’tuvchi Vodi Mazdubast o’zanidan oqaboshladi. Bu o’zan uzoq davrlar ulkan maydonining gullab-yashnashiga sabab bo’ldi. Biroq keyin yana qaqrab qoldi. Shu yerda istiqomat qiluvchi aholi Hazar dengizi qirg’oqlariga ko’chdilar. Ular alon va os urug’lari bo’lib tillari xorazm va qipchoq tillaridan “tashkil topgan” deb xabar beradi. Bu fikrni Xorazmda ulkan arxeologik tekshirishlar olib borgan S.P.Tolstov ham tasdiqlab Xorazmda yashagan alon va os qabilalari hozirgi osetin tiliga yaqin bo’lganligi ham masalani ma’lum darajada oydinlashtiradi. Toponimning birinchi qismi bog’ so’zining mevazor ma’nosidan tashqari, bir qancha ma’nolari bor: bog’, yer, to’p, jamlik, atrofi o’ralgan maydon xalq, qabila kabilar. Shunday ekan bog’olon “alonlar jami” degan ma’noni bildiradi.

Leave a Reply