BOLALAR FALAJI

BOLALAR FALAJI — nerv sistemasining turli zararlanishlari oqibatida ro’y beradigan va reflektor harakat faoliyatining, ba’zan ruhiyat va nutqning buzilishi bilan kechadigan kasalliklar guruhi. Bosh miyaning spastik (ierebral) falaji va periferik nervlar zararlanishidan kelib chiqadigan (shalviratuvchi) falajlikdan farq qiladi. Bolalar spastik falaji ko’pincha qo’l, oyoq va tana muskullari falaji, aqliy rivojlanishning sekinlashuvi, tutqanoq tutishi, giperkinez (ixtiyorsiz harakatlar paydo bo’lishi), zararlangan qo’loyoqlarda trofik o’zgarishlar ro’y berishi ko’rinishida namoyon bo’ladi. Ko’kyo’tal, difteriya, qizamiq, fipp va boshqa yuqumli kasalliklar entsefalit bilan asoratlanganda spastik falaj kuzatilishi mumkin. Tug’ruq og’ir kechganda, tug’ruq vaqtida bola kallasi shikastlanganda va boshqa hollarda ko’pincha spastik falaj kelib chiqdi. Bolaning chala yoki bo’g’ilib tug’ilishi, miyasiga qon quyilishi oqibatida ham spastik falaj ro’i berishi mumkin. Buni birinchi bo’lib ingliz vrachi U. Litl tavsif etgani uchun Litl kasalligi deb ham yuritiladi. Bunday falaj og’ir kechganida, bola tug’ilganda qimirlamaydi, oyoqlari bir tekis tarang turadi, ma’lum vaqtdan keyin muskullari tortishib oyoqlari chalishadi, bola o’tira yoki yura olmaydi; borabora uning ahvoli bir oz yaxshilanishi mumkin. Falaj yengil bo’lsa, bola o’sgani sari ahvoli yengil lashadi, kech o’tiradi, kech yuradi, qo’llarini tuzuk ishlata olmaydi. Muskullar o’ta tarangligi tufayli bola yurganda oyoklari chalishadi, sonlari ichkariga buralib, tizzalari bir-biriga takalib turadi, u faqat oyoq uchida mayda qadam tashlab yuradi. Bola hayajonlanganda, behosdan qattiq tovush eshitganda va boshqalarda muskullar tortishuvi kuchayadi, ixtiyoriy harakatlar qiyinlashadi va aqliy rivojlanishi kechikadi. Bemorni faqat vrach davolaydi, kasallikning barcha shakllarida mutaxassisga o’z vaqtida murojaat etish va uning tavsiyasiga binoan davolanish zarur.