BOLALAR IJODIYOTI UYI
BOLALAR IJODIYOTI UYI – bolalarning maktabdan tashqi ommaviy ta’lim-tarbiyaviy ishlarini tashkil qilish, yosh avlodni bilim darajasi, qiziqishlari, ijodiy qobiliyatini o’stirish, kasb tanlashga yordam berish, ular tayyorlagan mahsulotni chet elda targ’ib qilishga qaratilgan Markaziy ijodiyot uyi. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi tizimiga qaraydi. Bolalar ijodiyoti uyida radioelektron, yog’och o’ymakorligi, bichish va tikish, videostudiya, tasviriy san’at, adabiyot, lak miniatyurasi to’garaklari, shax-mat klubi, estrada-vokal studiyasi, kompyuter sinfi va boshqalar bor. Ijodiyot uyi O’zbekiston Ba bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Bolalar ijodiyoti uyining binosi Toshkentning eski juva maydonida 2005 yilda qurildi. Bino 2 qavatli bo’lib, spiral bo’ylab yuqoriga chiqiladigan zinavor shakldagi o’ziga xos me’moriy yechimga ega. Bino balandligi 18,0 metr, eni 42,9 metr. 1-qavatda ijodiyot uyining to’garaklari, shuningdek, konferentsiya zali, ma’muriyat. 2-qavatdan ko’rgazma galereya (maydoni 480,0 kvadrat metr), tomosha maydonchasi (16,8 kvadrat metr) o’rin odgan. Markaziy qismidagi muhtasham ko’rgazma zali 12 metrli gumbaz bilan yopilgan. Mazkur gumbaz Samarqanddagi Tillakori madrasasi gumbazidan Andoza olingan bezaklar bilan pardozlangan. Milliy uslubdagi bezaklarni “Usto” uyushmasining Toshkent va Samarqand korxonalarining mohir ganchkor, naqqosh ustalaridan A.Ilhomov, A.Karimov, X.Jalolovlar shogirdlari bilan bajarganlar. To’lqinoy Qodirovi, Rahmatilla Solihov.