Bo’lamon, Balamon, Balabon
Bo’lamon, Balamon, Balabon-Markaziy Osiyo va Kavkaz xalqlarining tilchali puflama sozi. Qadimgidan mashhur, ayniqsa, XV-XVII asrlarda Bo’lamonchi sozandalar nomi tarixiy manbalarda ko’p uchraydi. Tashqi ko’rinishi kichik surnaysimon bo’lsa-da, nayining ichki kengligi uzunasiga bir xil. Yuqori qismiga yakka tilchali qilib kesilgan qamish naycha o’rnatiladi. Asosan, tut yog’ochidan yasaladi. Barmoqlar uchun mo’ljallangan 7 ta teshigi yuzida, 1 tasi orqa tomonida bo’ladi.